So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sala halokati bo'yicha so'nggi tafsilotlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3193
Normand orollari aviatsion qidiruv guruhi boshlig'i, La Mansh bo'g'ozida «Kardiff Siti»ning yangi futbolchisi Emiliano Sala bo'lgan samolyotni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan Jon Fittsjerald ish yakunlari haqida ma'lumot berdi.
«Menga xabar berishlaricha, dengizda yostiq, to'q sariq rangdagi predmet, quti va boshqa ko'plab oq rangdagi buyumlarni topishgan. Ularning atrofida metalla parchalari suzib yurgan», — deya Fittsjeraldning so'zlarini keltirmoqda RMC.
Fittsjerald qoldiqlar topilgan joyga qutqaruv qayig'i yuborilgani haqida ma'lumot bergan.
Eslatib o'tamiz, 21 yanvar kuni Sala «Nant»dagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish uchun Frantsiyaga qaytgan va xususiy samolyotda Uelsga qaytgandi. Ammo u chiqqan xususiy samolyot qo'nish vaqtidan bir soat avval radarlardan yo'qoldi. Uni o'sha zahoti qidirish ishlari boshlandi, ammo ob-havo sharoiti va qorong'i tushgani tufayli ishlar to'xtatildi. Qidirish ishlari 22 yanvar kuni tiklanib, kun bo'yi 5 samolyot va yana bir qancha qidiruv kemalari ish olib borishdi, ammo natija bo'lmadi.
Bu orada OAVda futbolchi parvoz vaqtida WhatsApp guruhidagi yaqinlariga audioxabar jo'natgani ma'lum qilindi.
«Salom, yigitlar, ishlar qalay? Ukaginam, mening kuchim qolmadi. Nantda bir qator ishlarni bajardim, hozir esa sochilib ketishi mumkin bo'lgan samolyotda Kardiffga uchyapman. Ertaga hammasi boshlanadi, kunduzi yangi jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishaman. Ko'ramiz, nima bo'larkan. Aka-ukalar, opa-singillar qalay? Hammasi yaxshimi? Yana bir yarim soatdan so'ng mendan yangiliklar bo'lmasa, bilmayman, kimdir meni qidiradimi? Balki, meni topishning imkoni bo'lmas. Xudoyim, qanday dahshat», degandi futbolchi.
Qidiruvning ikkinchi kuni politsiya futbolchining omon qolganiga umid deyarli yo'qligini ma'lum qilgandi.
«O'sha vaqtda havo ancha sovuq bo'lgan. Shuningdek, muzli yomg'ir yoqqan. Quyuq tuman esa ko'rish chegarasini kamaytirgan. Hozir esa barchasi yaxshi. Havo ham zo'r, biroz issiq.
Mening ilk xulosalarim oddiy. Sala katta ehtimol bilan halok bo'lgan. Bunday sharoitda odam bolasi tirik qolishi amri mahol. Ammo taslim bo'lish yo'q, izlashda davom etamiz», degandi Jon Fittsjerald.
Uchinchi urinish 23 yanvar tongida boshlangandi.
28 yoshda bo'lgan Emiliano Sala futbolchilik faoliyatini 2010 yili «Bordo» safida boshlagandi. U 2012-13 yillarni «Orlean», 2013-14 yillarni «Nor», 2015 yilni esa «Kan» safida o'tkazgandi. Sala 2015 yildan buyon «Nant» safida to'p surib kelgan, «Kardiff Siti» 20 yanvar kuni, qishki transferlar doirasida Salani o'z tarixidagi rekord qiymatga - 20,5 mln evro evaziga transfer qilgandi. Argentinalik forvard uelsliklar klubi bilan 2022 yilga qadar shartnoma tuzgandi.