Gretsiyadagi uchrashuv koronavirus tufayli qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 623
Gretsiyaning «Ksanti» va «Atromitos» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv epidemiolog vaziyat tufayli qoldirildi. Gretsiya chempionatining qayta tiklanganidan keyin, uchrashuv 6 iyun kuni bo'lib o'tishi kerak edi.
— Uchrashuv ehtiyot chorasi tufayli qoldirildi. Futbolchilarimizning sog'liqlari birinchi o'rinda turishi kerak. Ksanti mintaqasidagi o'tkazilgan test natijalarini kutish uchun ko'proq vaqt talab etiladi, — deyiladi Gretsiya superligasi bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!