Ibrahimovich qancha vaqtda tiklanishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 662
«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yana bir oydan keyin jarohatidan to'la tiklanishi kutilmoqda. U 4 iyul kuni Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Latsio»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Shvetsiyalik futbolchi A seriyada mavsum qayta boshlanganidan keyin «Lechche», «Roma» va SPALga uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, u Italiya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Yuventus»ga qarshi o'yinda ham ishtirok etmaydi.
38 yoshli futbolchi karantindan keyingi ilk mashg'ulotda boldir qismidagi mushagidan jarohat olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!