Ronaldu futbolchilar ichida birinchi bo'lib 1 milliard dollar ishlab topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 904
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu daromadi 1 milliard dollardan oshgan birinchi futbolchiga aylandi.
Sportchilar ichida esa portugaliyalik yulduz bu borada 3-bo'ldi. Ronaldugacha golfchi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezer 1 milliard dollardan ishlab topishgandi.
Ronaldu 17 yillik faoliyati davomida turli klublardagi maoshlardan jami 650 million dollar ishlab topgan. Qolgan mablag'ni esa u homiylik shartnomalari orqali qo'lga kiritgan.
O'tgan mavsumda Ronaldu 105 million evro daromadga ega bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!