Snayder: «Men Messi yoki Ronaldu kabi bo'lishim mumkin edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 720
Uesli Snayder 2019-yilning yozida futboldagi professional faoliyatini yakunlagan edi.
"Inter"da o'ynaganida u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb hisoblangan, ammo oxir-oqibat "Oltin to'p"ni yuta olmadi. 35 yoshli gollandiyalik futbolchi hech qachon bunga intilmaganini tan oldi.
"Men Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi bo'lishim mumkin edi. Shunchaki buni xohlamagan edim. Hayotdan shunchaki zavqlandim.
Leo va Krishtianu bir-biridan mutlaqo farq qilishadi. Men bunga yaxshi munosabatdaman. Shunga qaramay, mening faoliyatim juda ajoyib edi", - dedi Snayder Janluka Di Martsio bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Uesli Snayder faoliyati davomida "Ayaks", "Real", "Inter", "Galatasaray", "Nitstsa" va "Al-G'arafa" jamoalarida to'p surgan.
Manba: Inter News