"Barselona" arosatda: rahbariyat nima qilishni bilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1141
Kataloniya klubida global muammolar mavjud.
Nufuzli manbaning ta'kidlashicha, "Barselona" va "Inter" o'rtasidagi muzokaralar rivojlanmayapti. Lautaro Martinesning o'zi yangi klub bilan shartnoma borasida kelishib oldi. To'siq — bu rasmiy xarid summasi bo'lmish 111 million evro.
"Inter" hech qanday o'yinchilarni almashtirishni xohlamayapti. "Barselona" esa pul topa olmayapti. Rahbariyat zaxiradagi futbolchilarning sotuvidan tushgan pullarga umid qilgandi, ammo, birinchidan, futbolchilar ketishni istashmayapti, ikkinchidan, ularga talab kam. Sotiladigan asosiy nomzod esa Usmon Dembele.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" 90 million evro to'lashni istayapti. "Inter" esa 111 mln evrodan kamaytirmoqchi emas.