Diego Kosta jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557
«Atletiko» hujumchisi Diego Kosta soliqlarni to'lashdan qochgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda "Elmundo" xabar tarqatdi.
Dastlab Kosta 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Ammo Ispaniya qonunchiligiga ko'ra, bunday jazoni jarimaga almashtirish mumkin. Kosta 36 ming evro to'lashga rozi bo'ldi. Shuning uchun u panjara ortida o'tirmaydi.
Futbolchi 2014 yilda 1,1 million evro miqdorida soliqlarni to'lashdan qochganini tan oldi. Ushbu summani u allaqachon Ispaniya g'aznasiga o'tkazib bo'ldi.
31 yoshli Kosta La liganing joriy mavsumida 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!