EChLning qolgan qismiga mezbonlik qilishi mumkin bo'lgan mamlakatlar aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438
48Germaniyaning Frankfurt shahri Evropa chempionlar ligasining qolgan qismining mezbonligi uchun ariza beradi. Bu haqda "Bild" nashri xabar tarqatdi.
Chempionlar ligasining 2019/2020 yilgi mavsumi chorak finaldan boshlab bir mamlakatda o'tkazilishi kutilmoqda. Nemis matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Rossiya va Portugaliya ham mini-turnirni o'zida qabul qilish istagini bildirmoqda.
UEFA mezbon mamlakatga 100 km. radiusda 4ta stadion taqdim etishni so'ramoqda. Frankfurt esa Maynts, Xoffenxaym va Darmshtadt/Visbaden bilan birga zayavka topshirishi mumkin.
Chempionlar ligasi finali aslida Istanbulda o'tishi kerak edi, ammo Turkiyadagi epidemiologik vaziyat tufayli UEFA boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.