Giggzga sovrin topshirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 533
«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Rayan Giggzga «Bir klubga sodiq inson» sovrini topshirildi. Ushbu sovrin Bilbaoning «Atletik» klubi tomonidan ta'sis etilgan.
Futbolchi "qizil iblislar" safida 24 mavsum davomida o'ynagan. Bungacha esa u klub akademiyasi tarbiyalangan futbolchi, o'yinchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng jamoa murabbiylar shtabida ishlagan.
Giggz «Manchester Yunayted» safida 963ta o'yinda maydonga tushib, 13 marta Angliya chempionati, ikki marta Chempionlar ligasi, 4 marta Angliya kubogi va bir marta Liga kubogida g'olib chiqqan.
«Biz o'z klubiga sadoqat namoyish qilgan jahon darajasidagi futbolchi haqida gapiryapmiz», — deyiladi «Atletik» rasmiy sayti tarqatgan xabarda.
Rayan Giggz hozirda Uels terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.