Maradona «Ximnasiya» bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395
Jahon futboli afsonasi Diego Maradona «Ximnasiya»ni boshqarishda davom etadi. Argentinaliklar u bilan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qilishdi.
Maradona bilan yangi shartnoma 2021 yilning dekabr oyiga qadar tuzildi. Bu haqda mutaxassisning agenti Diego Kristian Bragarnik xabar tarqatdi.
Diego 2019 yilning sentyabr oyida «Ximnasiya»ni qabul qilgan edi. La-Plataliklar uning boshqaruvida 20ta o'yin o'tkazishdi (7 g'alaba, 8 mag'lubiyat, 5 durang).
Koronavirus pandemiyasi tufayli Argentina chempionati muddatidan avval yakunlandi hamda hech bir jamoa quyi ligaga tushirib yuborilmadi. «Ximnasiya» 23-turdan keyin jadvalda 19-o'rinni egallab turgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!