Turkiyzabon mamlakatlar kubogi tashkil etilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 753
Turkiya futbol federatsiyasining tashqi aloqalar bo'yicha qo'mita a'zosi Gyurkan Teoman turkiyzabon mamlakatlar o'rtasida musobaqa tashkil etishni taklif qildi.
Azerisport.com tarqatgan xabarga ko'ra, turnirga "Turon kubogi" nomi taklif etildi. Ushbu musobaqani tashkil etish uchun ishchi guruh tashkil etildi.
Teomanning fikricha, bunday turnir mamlakatlarning xalqaro tajribasini oshirib, moliyaviy foyda ham keltiradi.
«Bu musobaqa jamoalarning milliy chempionatlardagi ishtirokiga xalal bermaydi, ularning teletranslyatsiyalar va homiylardan oladigan daromadini oshiradi. Shuningdek, bu klublar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi», - dedi Teoman.
Agar reja amalga oshsa, unda Turkiya, O'zbekiston, Ozarboyjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Kipr klublari ishtirok etishi kutilmoqda.