Xandanovich "Napoli"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449
"Inter"ning asosiy posboni Samir Xandanovich jarohatidan tiklanmoqda. Samir karantin boshlanishidan avval jarohat olgandi. "Neradzurrilar" uning o'rniga darvozabon qidirayotgan edi, biroq korona-tanaffus klub foydasiga ishladi. "Inter" keyingi hafta Italiya kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan javob uchrashuvida "Napoli"ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o'yinda Konte jamoasi 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Xandanovich 22ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!