Tyuram faoliyatini otasi o'ynagan klubda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 583
Turinning «Yuventus» klubi «Borussiya M» hujumchisi Markus Tyuramni ko'z ostiga olib qo'ygan, deya xabar berdi «Le 10 Sport» nashri.
22 yoshli forvard Germaniyada juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Natijada, unga Evropaning bir qator grandlari qiziqib qolishgan.
«Yuventus» bu futbolchi uchun kurashga endi qo'shilgan bo'lsa ham, uning agenti Mino Rayola bilan yaxshi munosabatga ega ekanligini ta'kidlash joiz.
Bundan tashqari, Markusning otasi Lilian Tyuram 5 yil davomida «keksa senora» sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!