«Chelsi» futbolchilari qoratanli insonlar uchun o'ziga xos ehtirom ko'rsatishdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 837
Futbol olami AQShda bo'layotgan irqchilikdan chetda qolmadi. Amerikada afroamerikalik Jordj Floydning o'ldirilishi tufayli yuzaga kelgan tartibsizlikning bosim darajasi asta-sekinlik bilan pasayib bormoqda. Angliya klublari esa irqchilikka qarshi kurashda hamjihatlik bildirishda davom etmoqda.
Londonning «Chelsi» klubi futbolchilari mashg'ulotdan oldin tiz cho'kishdi. Avvalroq, «Liverpul» futbolchilari ham shu ishni amalga oshirishgandi.
«Biz o'z pozitsiyamizni bildirmoqchimiz. Biz yaxshilanishi mumkin bo'lgan dunyoda yashayotganimizni ko'rsatmoqchimiz.Sevgi va nafratsiz yashash tarafdorimiz», – dedi Sesar Aspilikueta klub matbuot xizmatiga.
Before training at Cobham this morning, the Chelsea players and coaching staff formed the letter H, for humans, and knelt in a show of support for the #BlackLivesMatter movement. pic.twitter.com/yI6kAywa93
— Chelsea FC (at ????) (@ChelseaFC) June 2, 2020