Abramovich "Chelsi"ga 2 ta qimmat o'yinchini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1569
Londonning "Chelsi" klubi xo'jayini Roman Abramovich ushbu yozda ikki qimmatbaho o'yinchini xarid qilishga tayyor.
"Athletic" xabariga ko'ra, rossiyalik biznesmen Frenk Lempardning ishidan mamnun va jamoani kuchaytirish uchun qo'shimcha mablag' sarflashni rejalashtirmoqda, bu kelajakda klubga yana chempionlik uchun kurashishda yordam beradi. Abramovichga ikki yildan beri ingliz vizasini ololmayotgani xalal bermaydi va u klubni rivojlantirish ustida ishlamoqda.
Abramovich Lempardning ushbu mavsum oxirida Chempionlar ligasiga chiqa olishini kutadi, shundan so'ng u "Lester" himoyachisi Ben Chilvell va top hujumchi sotib olishga mablag' ajratadi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" hujumkor pozitsiyasiga nomzodlar orasida Timo Verner, Mussa Dembele, Kay Xavert, Jeydon Sancho va Per-Emerik Obameyang bor.