O'zbek futbolida muhim qaror qabul qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463
21 may kuni O'FA prezidenti ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgandi. Buning samarasi bir kun ichida ko'rindi va Hududiy FA faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida hukumat qarori qabul qilindi.
Bu ishga bir yil davomida tayyorgarlik ko'rildi. Bungacha ham har bir hududiy FA prezidenti viloyat hokimi hisoblangan. Ammo ko'p holatlarda FA e'tiborsiz, mag'labsiz qoldirilgan. Endilikda har bir tuman yoki shaharning 2-ligada ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi hamda maydoni bo'ladi. Ularning hammasi talab darajasiga kelishi uchun vaqt kerak.
Endilikda futbolga befarq bo'lmagan har bir o'zbekistonlik o'z tumani yoki shahri jamoasiga muxlislik qilishi mumkin. 2-ligalar saviyasini ko'tarish orqali O'zPFL tasnifidagi 1-liga hamda Pro-liga kabi turnirlarni yanada yaxshilash mumkin. O'z tuman yoki shahringiz futbol jamoasini qo'llab-quvvatlash va unga tegishli stadionni yaxshiroq bo'lishi uchun birdek xayrixoh bo'lish imkoniyati bor. Toza va sof futbol aynan o'sha hududlar kesimida bo'lishidan futbol yutadi.