«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori maxsus sertifikat bilan taqdirlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 746
«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev 2020 yilning may oyida Respublika miqyosida o'tkazilgan «O'zbekistondagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar» mavzusidagi 16-ko'p tarmoqli ilmiy konferentsiyada faol ishtirok etgani uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Ulug'bek Mirzaev ushbu ilmiy konferentsiyada futbol klublari byudjetining daromadlariga oid qismi, yana ham aniqrog'i, «Xalqaro tajriba misolida sport klublarini tijoratlashtirishning innovatsion mexanizmlariga baho berish» mavzusida qatnashdi.
Xabaringiz bor, 2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni e'lon qilingan edi. Mazkur farmonda futbol klublarini tijoratlashtirish, o'zini-o'zi moliyalashtirish, bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish masalalari ustuvor vazifa qilib belgilangan. «Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori, davlat rahbarining farmoniga monand ravishda, shu kunlarda futbol klublari byudjetlarining daromadlar qismini takomillashtirish va rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Yuqorida aytib o'tilgan konferentsiyada, ushbu ilmiy izlanishlarning bir qismi sifatida, o'zining chiqishi bilan ishtirok etgan Ulug'bek Mirzaev konferentsiya tashkilotchilari tomonidan munosib ravishda e'tirof etildi.
Ilmiy maqolaning to'liq matni bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.