Superliga shifokorlari bilan onlayn videokonferentsiya tashkil qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 689
Bilasiz, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig'ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o'z o'quv-mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O'zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berilgan edi. Bu jarayonda futbol klublarining uy uchrashuvlarini o'tkazishi uchun etarlicha tayyorgarlik ko'rishi lozim.
Shu maqsadda bugun Superliga futbol klublari bosh shifokorlari bilan onlayn videokonferentsiya tashkil etildi. Futbol mashg'ulotlari va uchrashuvlarini o'tkazish jarayonida sanitariya-qoidalari va me'yorlariga rioya etishni tashkil qilishda futbol klubi rahbarining mas'uliyatini yanada oshirish kerakligi, COVID-19 pandemiyasi davrida futbol mashg'ulotlari va uchrashuvlarini o'tkazish yuzasidan belgilangan vazifalarga qat'iy amal qilish kerakligi yana bir bor eslatib o'tildi.
Videokonferentsiya yig'ilishida futbol klublarining bosh shifokorlarining savollariga O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining mas'ul xodimi Ravshan Xasanov tomonidan asosli javoblar berildi va ularni o'ylantirayotgan masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Manba: pfl.uz