"Real Madrid" hujumchisi jamoadan ketmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1325
Madridning "Real" klubi hujumchisi Mariano Dias klubni tark etmoqchi emas. Bu haqda Ok Diario nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi madridliklar safida qolib asosiy tarkib uchun kurashmoqchi. Hujumchi klub bilan muvaffaqiyatga erishishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Marianoga ishonmayapti. Bu mavsum Dias bor yo'g'i 4ta o'yinda maydonga tushgan va o'z nomiga 2ta gol yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!