“Bunyodkor” a'zolari koronavirus uchun test topshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 605
Kuni kecha «Bunyodkor» futbol klubi o'quv-mashg'ulot bazasi to'liq dezinfektsiya qilingani haqida xabar bergan edik. Endi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari bazamizga tashrif buyurdi va jamoamizning jami 37 nafar a'zosi – futbolchilar, murabbiylar, personal xodimlardan koronavirusga namuna oldi.
Aytish kerak, o'z ishining mutaxassisi bo'lgan agentlik xodimlari tezkorlik bilan namuna natijalarini ham ma'lum qilishdi. Unga ko'ra, test topshirgan jamoamizning barcha 37 nafar a'zosi sog'lom ekanligi aniqlandi va ularga maxsus hujjat taqdim etildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!