“Andijon” ikki tarkib bo'lingan holda nazorat uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 645
Xabar berib o'tganimizdek, karantin qoidalariga jiddiy amal qilib mashg'ulotlarni boshlagan Viktor Kumikov boshchiligidagi “Andijon” jamoasi ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Unda Viktor Kumikov tarkibni quyidagicha tanladi:
“Ko'klar”: Islom Abdullaev, Usmonali Ismonaliev, Dmitro Zozulya, Xushnud Avilov, Azamat Isroilov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmuratov, Abdulloh Olimov, Muhammadaziz Ibrohimov, Siroj Meliev, Artyom Litvyakov.
“Yashillar”: Arslan Axrorov, Asilbek Azizov, Nodir Mavlonov, Emmanuel Arivachukvu, Farhod Mirahmatov, Jahongir Abdumo'minov, Baxtiyor Qosimov, Ibe Okoro, Doniyor Abdumannopov, Timur Usmanov, Muhammad Yo'ldoshev.
Ushbu nazorat uchrashuvida “Ko'klar” 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov va Farhod Bekmuratovlar mualliflik qilishdi.
Manba: Andijon matbuot xizmati