Sancho Bundesliga tarixidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesligada 30 ta gol urgan eng yosh o'yinchiga aylandi.
Futbolchi Germaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan «Paderborn»ga qarshi bahsda (6:1) het-trik qayd etdi va 20 yosh-u 67 kunligida o'z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo'ydi. Sancho bu bilan «Bayer» yarim himoyachisi Kay Havertsning natijasini yangiladi, u 20 yosh-u 270 kunligida 30 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Ma'lumot o'rnida, Sancho ushbu mavsumda Germaniya chempionatining 27 o'yinida ishtirok etib, 17 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!