Qozog'istonda o'ynagan futbolchilarimiz ramziy jamoasi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382
O'tgan mavsum Qozog'iston chempionatida o'ynash uchun birorta O'zbekiston vakili qaydnomadan o'tkazilmadi. Vaholanki, bundan 10-15 yil ilgari hamyurtlarimiz tarkibdan shunchaki joy olishmasdi, balki etakchilik rolini bajarishardi.
Qozog'iston futbolida iz qoldira olmaganlar ham bo'lgan, ammo ko'p o'yinchilarimiz qo'shni davlatda yuqori mahorat va ishga professional yondashuv sabab muxlislar e'tirofiga sazovor bo'lishgan.
Qozog'istonda o'ynagan legionerlarimizdan ramziy jamoa 3-4-3 sxema asosida tuzildi. Bunga ikkita sabab bor. Birinchidan, Qozog'iston matbuotining nazdida terma jamoamiz yuqoridagi joylashuvdan tez-tez foydalanib kelgan. Ikkinchidan, yarim himoya qa hujum chizig'i o'rtasidagi keskin raqobat tufayli xattoki, Kievning «Dinamo»si bilan olti karra Ukraina chempioni, Evropa chempionlar ligasida gol urgan birinchi osiyolik futbolchi, va nihoyat O'zbekiston milliy terma jamoasining eng yaxshi to'purari Maksim Shatskih asosiy tarkibdan tushib qoldi.
Darvozabon:
Pavel Bugalo: 21.08.1974
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Jenis», «Jetisu», «Ordabasi»
Posbon Qozog'iston chempionatiga borganida tajribali edi. U «Jenis» klubi bilan 27 yoshida shartnoma imzolagan. Poytaxt klubi tarkibida Qozog'iston kubogi sohibi bo'lib, keyin bir mavsum Taldiqo'rg'on va Chimkentda yaxshi o'ynagan.
Himoyachilar:
Fevzi Davletov: 20.09.1972
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Irtish», «Jetisu», «Megasport»
Fevzi Davletov — Qozog'iston chempionatida to'p tepgan O'zbekistonning eng yorqin vakillaridan biri. 2000 yillar boshlarida «Irtish» o'yini Davletovga qurilgan va bu yurish pavlodarliklarga ikki bor chempionlik unvonini olib bergandi. «Irtish»dagi faoliyatidan so'ng himoyachi yana ikki Qozog'iston klublarida o'ynagan: «Jetisu» va «Megasport». Keyin vataniga qaytib kelgan.
Spartak Murtazaev: 07.10.1977
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Ordabasi», «Yassi-Sayram», «Atirau»
Qozog'iston terma jamoasi hujumchisi bilan familiyadosh bo'lgan va noodatiy ismga ega bo'lgan hamyurtimiz mahalliy chempionatda birorta sovrinni qo'lga kirita olmagan. Ammo, uning o'yinini Chimkentning «Ordabasi» jamoasi ishqibozlari iliq xotiralar bilan eslashadi.
Marat Kabaev: 27.05.1961
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Traktor», «Ansat», «Qaysar-Munay»
Badiiy gimnastika afsonasining otasi, Qozog'istonda to'p tepgan o'zbekistonlik ilk qaldirg'ochlardan biri Marat Kabaev 1991-1994 yillarda «Traktor»/«Ansat» (hozirgi «Irtish») jamoasiga birinchi chempionlikni qo'lga kiritish uchun katta hissa qo'shgan. Keyinchalik, Qizilordring «Qaysar-Munay» klubida bir mavsum (1997) o'ynagan.
Yarim himoyachilar:
Oleg Sabirov: 13.03.1981
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Ordabasii», «Megasport», «Jetiisu», «Tobol», «Aktobe», «Jetiisu», «Vostok», «Atiirau», «Sunkar»
«Paxtakor-79» bilan fojiali aviahalokatda halok bo'lgan Vladimir Sabirovning o'g'li Chimkentda uzoq yillar o'ynadi va Qozog'iston fuqaroligini oldi. Lekin, bungacha Oleg O'zbekiston terma jamoasi a'zosi va ikki karra mamlakat chempioni bo'lgan. Kichik Sabirov Qozog'iston chempionatida ilk va oxirgi o'ynagan klubi «Ordabasi» bo'ldi. Bundan tashqari, yarim himoyachi sakkizta qozoq klublarida ham o'ynagan. Eng katta muvaffaqiyatiga 2010 yilda «Tobol» safida erishgan — Qozog'iston chempioni.
Viktor Karpenko: 07.09.1977
«Qayrat» klubida o'ynagan
Chaqqon, chidamli va texnikaga ega xavbek Qozog'iston klubida ikki to'liq bo'lmagan mavsum harakat qilgan. «Qayrat»ga kelgandan so'ng qisqa vaqt ichida asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib, chempionatning bronza medalini qo'lga kiritdi. Keyingi yili jamoasining to'purar (8 gol) futbolchisi bo'ldi.
Marat Bikmaev: 01.01.1986
«Aktobe» klubida o'ynagan
Marat Bikmaev «Aktobe» safiga kelganida juda boy tajribaga ega edi. Bunga qadar u O'zbekistondan boshqa Rossiya premer-ligasida ham faoliyat olib borgan. Qozog'istonda u eng sermahsul yillarini o'tkazdi. Ammo, «Tobol»ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olgani, klubini ts bilan shartnomani uzaytirmaslikka olib keldi. Shunday bo'lsa-da, Marat 2013 yil Qozog'iston chempioni, undan avvalroq bronza medaliga ega chiqqandi.
Timur Kapadze: 05.09.1981
«Aktobe»da o'ynagan
Hamyurti Bikmaev bilan bir vaqtda jamoaga kelgan Kapadze hamyurtidan bir mavsum ko'p o'ynadi. Timurning bisotida 2012 yil — bronza, 2013 yil — oltin medallaridan tashqari, 2014 yilda qo'lga kiritilgan kumush medal va Qozog'iston superkubogi g'olibligi ham mavjud.
Hujumchilar:
Ulug'bek Baqoev: 28.11.1978
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Tobol», «Jetisu», «Irtish»
Ulug'bek Baqoev — qozoq futbolida so'zsiz eng yaxshi legioner to'purar futbolchi. 111 gol urgan o'zbek o'g'loni Qozog'istonda chempionati to'purarlari tarixida 6-o'rinni band etgan. Baqoev qo'shni yurtda barcha sovrinlarini «Tobol» safida qo'lga kiritgan. 2007 yil mamlakat kubogi sohibi, 2010 yil Qozog'iston chempioni bo'lgani shular jumlasidan.
Jafar Irismetov: 23.08.1976
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Qayrat», «Olma-Ota», «Aktobe»
Irismetov Rossiida muvaffaqiyatli o'tmagan faoliyatidan keyin Qozog'istonga kelgan. U erda «Qayrat» bilan oltin medalni, «Olma-Ota» bilan mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.
Aleksandr Geynrix: 06.10.1984
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Aktobe», «Ordabasi»
Aleksandr Geynrix uch mamlakat chempioni sanaladi: O'zbekiston, Rossiya va Qozog'iston. Asli germaniyalik bo'lgan futbolchi QPL-2013 da oltin medal va boshqa ikkita sovrin jamg'armasini qo'lga kiritgan, shuningdek Superkubokda hvm zafar quchgan. 2017 yilda farliyatini yakunlashidan oldin, Geynrix «Ordabasi» tarkibida bronza medaliga ega chiqqan.
Qaydnoma:
Sergey Zaxaretskiy (darvozabon): 12.01.1977
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Alma-Ata», «Okjetpes»
Vladimir Umarov: 22.07.1979
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Taraz»
Andrey Vlasichev: 27.01.1981
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Ordabasi»
Egor Gladkov: 17.02.1979
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Esil», «Okjetpes», «Jetisu», «Taraz»
Yorqin Nazarov: 11.10.1974
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Sintez», «Taraz», «Yassi», «Ordabasi»
Mixail Savochkin: 27.11.1979
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Taraz», «Gornyak»
Aleksandr Karsev: 01.04.1981
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Taraz»
Abduqaxxor Marifaliev: 10.05.1971
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Esil-Bogatiir»
Muxtor Qurbonov: 26.01.1975
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Qayrat», «Yassi», «Jetisu»
Farhod Mirsalimboev: 15.10.1972
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Taraz», «Esil-Bogatir», «Vostok»
Dilmurod Nazarov: 12.04.1976
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Qaysar», «Taraz»
Sherzod Nazarov: 21.11.1979
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Ordabasi»
Maksim Shatskix: 30.08.1978
Qozog'istonda o'ynagan klublari: «Lokomotiv»
Bosh murabbiy: Timur Kapadze
«Aktobe» sobiq yarim himoyachisi o'zbek futbolida kelajagi porloq mutaxassislardan biri hisoblanadi. Timur Toxirovich milliy terma jamoa ustozi Vadim Abramov shtabiga kiritilgani bilan birga, yoshlar termasini boshqaradi.
Nodir Abdurasulov tayyorladi