Londonning ikki klubi "Napoli" hujumchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697
La Repubblica nashrining xabariga ko'ra, Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik uchun kurashmoqda. Hozircha "kanonirlar" kurashda etakchilik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Milikning transfer narxi 50 million evroga baholamoqda. Qolaversa, "Yuventus" ham futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Ammo, neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis asosiy raqibi kuchayib ketmasligi uchun uni turinliklarga sotmoqchi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!