"Bavariya" Sane borasida yangi taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 792
TZ nashrining xabariga ko'ra, Leroy Sanening "Bavariya"ga o'tishi bo'yicha muzokaralar to'xtatildi. Tomonlar moliyaviy tomondan kelisha olishmayapti.
"Bavariya" APL klubiga transferning bir qismini himoyachi Lyuka Ernandes bilan qoplashni taklif qildi. Himoyachi "Bavariya" uchun asta-sekin keraksizga aylanib bormoqda. Uning pozitsiyasida harakat qiluvchi Alfonso Devis ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Bunday holatda, "Bavariya" Lyukani ushlab turish uchun hech qanday sabab ko'rmayapti.
Hozircha, "Manchester Siti"ni bu transfer qiziqtiradimi yoki yo'qmi ma'lum emas. "Shaharliklar" safida chap qanot himoyasida Aleksandr Zinchenko harakat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!