Portugaliyalik yulduz "Lokomotiv"ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 798
"Lokomotiv" joriy mavsumni yarim himoyachi Joau Mariusiz yakunlaydi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "temiryo'lchilar" futbolchining ijara muddatini uzaytira olmadi. "Inter" futbolchi uchun Moskva klubidan 18 million evro so'radi. Uning shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Rossiya chempionati 21 iyun kuni boshlanishi kutilmoqda. Chempionat yakuniga qadar "Loko" yana 8ta turni o'tkazishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!