«Bavariya» chempionlikni an'anaviy tarzda nishonlamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 787
Myunxen Meri Diter Reyter «Bavariya»ning joriy mavsumdagi chempionligini an'anaviy tarzda nishonlashini ta'qiqlab qo'ydi.
Sabab sifatida koronavirus pandemiyasi ko'rsatilgan. Muxlislar va klub koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Myunxenning markaziy maydonida g'alabani odatdagidek nishonlay olishmaydi.
"Hozirgi paytda myunxenliklarning chempionligi Marienplats maydonida an'anaviy nishonlanishi mantiqsiz", — deydi Reyter.
Eslatib o'tamiz, Bundesliga o'yinlari 16 maydan qayta davom ettirilmoqda. «Bavariya» musobaqa yakunlanishiga 6 tur qolganida, yaqin ta'qibchisi Dortmundning «Borussiya» klubidan 7 ochko ilgarilab ketgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!