Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi iste'foga chiqishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7117
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitstsi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Yaponiyaga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag'lubiyat qayd etilgan o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi. Chililik mutaxassis shartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagan.
Ma'lumot uchun, 50 yoshlik murabbiy Saudiya Arabistoni terma jamoasi boshqaruviga 2017 yil kuzida kelgandi, u o'shanda lavozimda 2 oy ishlagan Edgardo Bausuni almashtirgandi.
Eslatib o'tamiz, u faoliyati davomida "Universidad Katolika", "Rosario Sentral", "San-Lorenso", "Valensiya" va boshqa klublarda ham ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!