O'zbekistonlik dzyudochilar Tel-Aviv Gran-Prisida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8648
24-26 yanvar kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha yilning ilk Gran-Pri turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 54 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz bahslarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-60 kg: Rahmon Jumaev, Kemran Nurullaev
-66 kg: Shahram Ahadov, Sardor Nurillaev
-73 kg: G'iyosjon Boboev, Ulug'bek Otamurodov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev, Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov, Sherali Jo'raev
+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-52 kg: Gulnoza Ziyaeva, Diyora Keldiyorova
-57 kg: Amina Mamedova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
+78 kg: Nodira Yo'ldosheva
Murabbiylar:
Farhod To'raev
Kamol Murodov
Rafgat Izmaylov
Shuningdek hakamlarimiz Vyacheslav Pereteyko va Ramziddin Saidov ham Gran-Pri davomida faoliyat olib boradilar.
Qayd etish lozimki, mazkur turnirning sovrin jamg'armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, musobaqa Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ballarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.