Koronavirus! "Barselona" endi niqob sotadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343
"Barselona" matbuot xizmati qayta ishlatiladigan himoya niqoblarini sotishni boshlanganini e'lon qildi.
Mahsulot narxi — 18 evro. Uni 40 martagacha yuvish mumkin. Niqoblar Kataloniya klubi libosi ranglarida tayyorlangan. Uch xil dizayndagi variantlari mavjud.
Niqoblar "Barselona"ning rasmiy internet-do'konida sotiladi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati hozirda koronavirus tarqalish xavfi tufayli to'xtatib qo'yilgan. "Barselona" 57 ochko to'plagan holda birinchi o'rinda bormoqda. "Real" 55 ochko bilan ikkinchi o'rinda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!