O'zbek futbolida qalloblikka qo'l urganlar endi jinoiy javobgarlikka tortiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262
O'zbek futbolida turli qing'irlik, qalloblik va kelishilgan o'yinlarga qo'l urgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda O'zbekiston professional ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev "Futbol plyus" dasturiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov shu kunlarda yig'ilish o'tkazib, o'zbek futbolida tozalash ishlari o'tkazilishini aytib o'tgan. Buning uchun tegishli qonun va hujjatlarga o'zgartirish kiritish ishlari olib borilmoqda.
Imomxo'jaevning ta'kidlashicha, shu paytgacha qilgan ishlari fosh bo'lgan shaxslar faqatgina O'FA tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ma'lum muddatga futboldan chetlatilgan yoki jarimaga tortilgan. Endi ular bu bilan cheklanib qolmasdan, qalloblikka yo'l qo'yganlarga nisbatan jinoiy ish ochiladi.