Osiyo Olimpiya Kengashi rahbariyatida o'zgarish
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 956
Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) prezidenti shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh tashkilotning yangi vitse-prezidentini e'lon qildi. Shayx Ahmad OOKning Ijroiya qo'mitasi a'zolari va qit'adagi 45 ta Milliy Olimpiya qo'mitalariga tashkilotning farmoyishi ma'lum qildi:
“Sizlarga OOK Konstitutsiyasi qoidalariga muvofiq Tailand Milliy Olimpiya qo'mitasining vitse-prezidenti, Jang san'ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari buyurtmalar kichik qo'mitasining raisi Dato Seri Chayyapak Sirivat Osiyo olimpiya kengashining vitse-prezidenti etib tayinlanganligini ma'lum qilish men uchun yoqimlidir”.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oyda OOK Tailandning Bangkokda va Chonburi shaharlarida 6- Jang san'ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarini (AIMAG) o'tkazish to'g'risida mezbonlar bilan shartnoma imzolangan va bu O'yinlar 2021 yil 21-30 mayda bo'lib o'tishi belgilangan.
Dato Seri Chayapak Sirivat, shuningdek, Tailand Xokkey assotsiyasining prezidenti va Osiyo xokkey federatsiyasining vitse-prezidentidir. Osiyo xokkey federatsiyasi uni OOK vitse-prezidenti etib tayinlanishi munosabati bilan tabrikladi.