Koutino qaysi klubga o'tmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yana Angliya chempionatida to'p tepishi mumkin. Uning xizmatiga APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.
Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, Koutino faoliyatini Londonnning "Chelsi" klubida davom ettirmoqchi. Avvalroq, uning xizmatiga poytaxtning yana bir klubi "Tottenxem" qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Koutino joriy mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tkazmoqda. U mavsum so'nggida Kataloniya klubiga qaytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!