Frantsiya chempionatining yangi mavsum boshlanish sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342
44Frantsiya chempionatining 2020/2021 yilgi mavsumi boshlanish sanasi ma'lum qilindi. Liga 1'ning yangi mavsumi 22 avgust kunidan, Liga 2 esa oradan bir hafta o'tib boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Frantsiya professional futbol ligasi 17 iyun kuni bo'ladigan UEFA ijroqo'm yig'ilishi yakunlarini kutmoqda. Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasining qolgan qismi uchun taqvimi ma'lum bo'lganidan keyin Frantsiya chempionatining taqvimi tasdiqlanadi.
Eslatib o'tamiz, Liga 1'ning ushbu mavsumi koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlandi. «PSJ» klubi chempion sifatida tan olindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!