«Borussiya M» stadioniga muxlislar suratlari aks etgan 12 ming maneken joylashtirildi (foto+video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2855
Myunxengladbaxning «Borussiya» jamoasi uy stadioni o'rindiqlariga 12 ming nafar muxlis surati aks etgan qog'oz manekenlarni joylashtirib chiqdi.
Jamoa Bundesliga 27-turida 23 may, shanba kuni o'z maydonida «Bayer»ni qabul qiladi.
Har bir muxlis 19 evro evaziga «Sei dabei. Trtotzdem» («Nima bo'lganda ham, shu erda bo'ling» aktsiyasi doirasida tribunadan o'z o'rniga ega bo'lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, hozirda 20 mingdan ziyod buyurtma kelib tushgan.
Avvalroq «Borussiya M»ning faol muxlislari tomonidan mazkur o'ziga xos aktsiya boshlangani va uni klub qo'llab-quvvatlagani haqida xabar berilgandi. Klub rahbariyati mavsum qayta boshlangunga qadar 54 ming sig'imlik stadionni to'ldirishga umid qilgandi.
????️????????¡COMPLETAMENTE LLENO!
El BORUSSIA PARK, estadio del Mönchengladbach, ha cubierto las GRADAS con FOTOS de sus AFICIONADOS. (Vía The Sun) pic.twitter.com/E2IRJ1Ln6v