Qirg'iziston mardonavor o'yin orqali Osiyo kubogini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12498
Osiyo kubogi nimchorak finaldan o'rin olgan BAA hamda Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Unda musobaqa mezbonlari qo'shimcha bo'limlarda gol urib, chorak finalga yo'l oldi. Qirg'iston terma jamoasi esa uyna qaytadigan bo'ldi.
Osiyo kubogi, nimchorak final.
BAA - Qirg'iziston 3:2
Gollar: Hamis Ismoil (14, 1:0), Mirlan Mirzaev (26, 1:1), Ali Mabhut (64, 2:1), Tursunali Rustamov (90, 2:2), Axmad Xalil (103, 3:2).
BAA - 17.Xolid Eysa, 2.Ali Hassan Salmin, 4.Xalifa G'anim (8. Fares Juma, 30), 5. Amir Abdulrahmon (Axmad Xalil, 102), 7.Ali Mabhut, 9.Bandar Muhammad, 10. Ismoil Matar (23. Muhammad Axmad, 82), 13. Hamis Ismoil, 18.Al Hasan Solih, 19.Ismoil Ahmad 21. Xalfan Muborak (13. Ismoil Al Xammadi, 64).
Qirg'iziston - 13.Kutman Kadirbekov, 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Kozubaev, 4. Mustafo Yusupov, 9.Edgar Bernxardt, 10.Mirlan Mirzaev, 11.Bekjan Saginbaev, 18.Qayrat Jigalbek, 19. Vitaliy Lyuks, 21.Farhod Musabekov, 23.Axliddin Isroilov.