Mozes: «Konte «Chelsi»ga kelib barcha narsani o'zgartirib yubordi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210
Italiyaning «Inter» klubi futbolchisi Viktor Mozes jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte haqida fikr bildirdi.
«U mening murabbiyim va do'stim. Men ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynadim va ularning barchasi menga yoqardi. Ularning eng muhimi – Antonio Konte.
U menga jangchi ruhini singdirdi, o'zimga bo'lgan ishonchni ortirdi va futboldan zavq olishni o'rgatdi.
Uning qo'l ostida ajoyib mavsumni o'tkazdim va buning uchun undan doim minnatdorman. Avvallari hech qachon o'ng qanot himoyasida o'ynamaganman, lekin u meni aynan mana shu pozitsiyada o'ynata oldi. U meni qo'llab-quvvatladi va o'zimga bo'lgan ishonchni ortirishimga undadi. Men uni uyaltirib qo'ymadim», – dedi Mozes Daily Mail bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!