Perishichga APLdan xaridor chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299
Football.London portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, huquqiy jihatdan Italiyaning "Inter" klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda Myunxenning «Bavariya» klubida ijara asosida to'p surayotgan Ivan Perishichga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda.
«Shporlar» o'z hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlamoqda va 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi arzon tutishi mumkin, bu esa koronavirus pandemiyasi tufayli klubga juda mos keladi.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» Perishichning transferini «Inter» klubidan 20 million evro evaziga sotib olishdan bosh tortdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!