"Chelsi" o'z futbolchisining narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347
Londonning «Chelsi» klubi Jorjino uchun tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. "Ko'klar" o'zning 28 yoshli futbolchisini 65-70 million evro atrofida sotishni rejalashtirmoqda.
Jorjinoning xizmatiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. "Yuve"ning hozirgi bosh murabbiyi Sarri Jorjino bilan «Napoli» va «Chelsi» klublarida birga ishlagan. Aynan Sarrining tashabbusi bilan "Chelsi" klubi 2018 yili yarim himoyachini sotib olgandi.
«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard Jorjinoni jamoada olib qolmoqchi, lekin futbolchining o'zi uchun «Yuventus» klubiga o'tish ustuvor vazifa bo'lib turibdi.
Jorjinoning «Chelsi» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!