Elber Levandovskiga nima deganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316
Braziliyalik sobiq hujumchi Jovani Elber Polsha futboli tarixida eng kuchli futbolchi Robert Levandovski ekanini tan oldi.
Elber «Bavariya» tarkibida 1997 yildan 2003 yilgacha to'p surgan, to'rt marta Bundesliga g'olibligini ko'lga kiritgan va bir marta EChLda g'olib chiqqan.
Braziliyalik sobiq hujumchi "Bavariya" tarkibida 140 ta gol kiritib, klub to'purarlari ro'yxatining 9-o'rinida turadi.
«Levandovski menga otasi Bundesliganing doimiy muxlisi bo'lganini va doim uni menga taqqoslaganini aytgandi. Lekin men Robertga men kuchli hujumchi ekanligini shaxsan aytganman.
Levandovski hali «Bavariya»da ko'p narsaga erishgani yo'q. Hali oldinda qo'lga kiritadigan ko'p sovrinlari bor», — dedi Elber.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!