Levandovski: «Men koronavirusdan qo'rqmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski jamoa "Union"ga qarshi bo'ladigan Germaniya chempionatining 26-tur bahsiga qay tarzda tayyorgarlik ko'rayotganini aytdi.
"Futbol qaytayotganidan xursandman. Yana maydonga chiqa olamiz. Koronavirus bilan bog'liq vaziyat barqarorlashmoqda. Men infektsiyadan qo'rqmayman.
Balki "Union"ga qarshi uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi davomida bizga ishonch etishmasligi mumkin. Ammo keyinchalik hammasi joyiga tushadi", - dedi Levandovski "Daily Mail"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Union" - "Bavariya" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!