Mertens bir shart bilan «Napoli»da qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
"Football Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, 33 yoshli belgiyalik futbolchi klub bilan yangi 2 yillik shartnoma imzolashga tayyor, lekin u rahbariyat oldiga bitta talab qo'ymoqda: shartnoma imzo chekkani uchun jamoa unga katta miqdorda mukofot puli to'lashi kerak.
Mertensning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Unga "Inter" tomonidan qiziqish mavjud.
Dris ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!