«Parma»ning ikki o'yinchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
«Parma» klubi o'yinchilari, murabbiylar shtabi va xodimlari — jami 60 kishi koronavirusga test topshirishdi.
Dastlabki testlarda ikki futbolchida kasallik aniqlandi. Takroriy testlarda esa ularning natijasi manfiy chiqdi. Shunga qaramay, o'yinchilar izolyatsiyaga olindi. Ularda kasallik belgilari yo'q, ammo ular muntazam kuzatuv ostida bo'lishadi.
«Parma» klubi 18 may, dushanba kunidan jamoaviy mashg'ulotlarni boshlashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!