Toni Fergyuson Habibga: Bolakay, yaqinda ko'rishamiz!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442
Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Toni Fergyuson chempion Habib Nurmagomedovning qo'llab-quvvatlashiga javob qaytardi.
Avvalroq Habib UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga engilgan Fergyusonni qo'llab-quvvatlagandi.
«Hurmat, Habib. Sen hali ham menga 20 ta «otjimanie» qarzsan.
Otangning holati yaxshilanganidan mamnunman. Yaqinda ko'rishamiz, bolakay! Haqiqiy finalga tayyorgarlik ko'rishda davom et», — deydi Fergyuson.
10 may kuni AQShning Florida shtatida bo'lib o'tgan UFC 249 musobaqasida Toni Fergyuson engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionligi uchun kechgan bahsda Jastin Getjiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!