«Lokomotiv» futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264
Moskvaning «Lokomotiv» klubi direktorlar kengashi raisi Anatoliy Meshcheryakov jamoa hujumchisi Jefferson Farfan koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.
«Farfan haqiqatan ham koronavirusga chalindi. U hozir Moskvada. Jefferson mutaxassislarning barcha maslahatlariga amal qilgan holda izolyatsiyada o'tiribdi», — dedi Meshcheryakov.
Farfan Rossiya premer-ligasida koronavirus yuqtirgan ilk futbolchi bo'ldi. 35 yoshli futbolchi 2017 yildan beri "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!