Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar (39-qism)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 873
Ushbu ruknimizdagi suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Atletiko Madrid” faxri – Xuanfran “Real Madrid” libosida! Bu suratdan uning o'zi ham hijolat bo'lsa kerak
Ganalik Pele o'zining o'gillari bilan ko'chada. Bu bolalar ko'p o'tmay yoshlar o'rtasidagi JChda g'olib chiqadi. Kattasining ismi Andre, kichigi Jordan. Bu yigitlar Ayyuv nomi bilan katta futbolga kirib kelishgan.
1999-yil. “Barselona” o'z uyida “Arsenal”ni engga olmagan uchrashuvdan esdalik. Pep Gvardiola Denis Berkamp nishonida!
1998-yil. Valderama Beks bilan futbolka almashishga qaror qildi. Eng qizig'i shundaki, o'sha voqeadan so'ng, bu futbolchilar qalin do'stlarga aylanib ketishadi va bu do'stlik bugungi kunlarimizga qadar etib kelgan
Darvozabon Karles Buskets “Barselona” darvozasini 9 yil qo'riqlagan. Uning o'g'li Serhio allaqachon o'z otasining rekordini yangilab bo'ldi.
1995-yil. “Pitbull” Davids EChL kubogini mahkam ushlab olgan. Chamamda bu sovringa boshqa ega chiqmasligini o'sha paytdayoq angalagan ko'rinadi…
Napalion yoki Maradon?
2004-yil. EChL tarixidagi eng daxshatli “qaytish”ni amalga oshirgan “Deportivo” hujumchisi Fran “Milan” darvozasiga kiritilgan 4-golni nishonlamoqda.
Afsonaviy janjalkash Vinni Jons Patrik Vierani yoniga chorlamoqda. Viera esa o'zini ko'rmaganlikka olmoqda. Afsuski, unda boshqa variant ham yo'q edi…
Frantsiya futboli deganda nimani tushunasiz?
1995-yil “Inter” Karlos va Zanettilarni harid qiladi. Ulardan biri atigi bir mavsum jamoada to'p surgan bo'lsa, ikkinchisi klubda abadiy qolib ketadi
Manba: Stadion.uz