Kellini Vidalning alkogol bilan bog'liq muammosi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 627
Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi Jordjo Kellini Arturo Vidal haqida fikr bildirdi.
Kellini u haqida o'zining avtobiografiyasida yozgan. Italiyalikning so'zlariga qaraganda, Vidal spirtli ichimliklar bilan bog'liq muammoga duch kelgan.
«Futbolchilar farishta emas. Lekin, shayton ham emas. Haqiqiy va sohta narsalar mavjud, shuning uchun ularni ajratib ko'rsatish kerak.
Masalan, Vidal kutilganidan ko'ra ko'proq ko'ngilxushlik qilishni yaxshi ko'radi. Buni hamma yaxshi bilardi. Alkogol uning zaif tomoni edi. Biroq, bu uning chempion bo'lishiga yoki insoniylik fazilatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Zaifliklar inson tabiatining bir qismidir», - Kellinining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Italiya matbuoti.