Ziesh mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 908
Xakim Ziesh "Ayaks" klubidagi so'nggi mavsumini o'tkazdi.
Niderlandiyaning "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Xakim Ziesh jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda "Ayaks" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ziesh joriy mavsum Eredivizida 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritdi. Bundan tashqari, 13 ta golga hammualliflik qildi.
Bu marokashlik futbolchining uchinchi sovrini sanaladi.
Ziesh 1 iyul kuni Londonning «Chelsi» klubi futbolchisiga aylanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!