Ana xolos! «Napoli»da baxtiyorman degan Mertens «Inter» bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499
Italiyaning «Inter» klubi rahbariyati Dris Mertens bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga eshirdi, deya xabar tarqatmoqda La Repubblica.
Mertens «neradzurrilar»dan tushgan taklifni qabul qildi va futbolchi uchun belgilangan shartnoma tayyor.
Mertens «Napoli» klubining tirik afsonasi hisoblanadi va buni uning kiritgan gollari soni ham tasdiqlab turibdi. Avvalroq unga Londonning «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Belgiyalik hujumchining «Napoli» klubi bilan tuzgan shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi. Mertens jamoasi bilan shartnomani yangilashni xohlamadi va o'z kuchini boshqa klubda sinab ko'rmoqchi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!