«Barselona» «Yuventus» futbolchisini sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1024
Kataloniyaliklar qanot himoyachi izlash ishlarini to'xtatmayapti.
Kataloniyaning «Barselona» klubi o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga Mattia De Shiloning variantini ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" ayni paytda Nelson Semeduning o'rniga futbolchi izlamoqda.
«Yuventus» o'zining zahiradagi futbolchisi bilan xayrlashishga qarshi emas. U jamoaga katta foyda keltirmayapti. De Shilo joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 10 million evro atrofida baholanmoqda.
«Barselona» avvalroq Semedu bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi. Jamoa tarkibida yuqori darajali o'ng qanot himoyachisi qolmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!